Qozog‘istondagi birinchi AES uchun texnologiya yetkazib beruvchilar short-listiga to‘rt mamlakat, jumladan, Rossiyaning “Rosatom” va Xitoyning CNNC kompaniyalari kiritildi. Avvalroq prezident Qosim-Jomart Toqayev hukumatga AES qurilishini jadallashtirish va yadro klasterini yaratishni boshlashni buyurgandi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda ikkinchi va uchinchi AES qurilishini istisno qilmadi. “Men Qozog‘iston atom energetikasi rivojlangan davlatga aylanishi kerak, deb hisoblayman. Uning kelajagi porloq”, — dedi u.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil yanvardagi tartibsizliklarga izoh berdi. “Voqealar mamlakatga hokimiyatni birlashtirish kerakligini va davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, balki yollanma menejer ekanini o‘rgatdi”, — dedi u.
Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqach, “siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi” va amaldorlar bilan yig‘ilishlarni davom ettirdi. Qozog‘iston rahbari Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat ikki hokimiyatchilikka va undan keyingi inqirozga, jumladan, 3 yil oldingi yanvar voqealariga sabab bo‘ldi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat 10 yil oldingi vaziyatdan keskin farq qiladi”, dedi. U mintaqa mamlakatlari bir-biri bilan faol hamkorlik qilayotganini ta’kidlab, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlarini samarali deb atadi.
Qozog‘iston “yaqin kelajakda” BRIKSga ariza berishdan bosh tortadi, dedi Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT “universal tashkilot” sifatida ustuvor ahamiyatga ega. Toqayevning o‘zi avvalroq BRIKSga a’zolikka qiziqish bildirgandi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Germaniya kansleri bilan uchrashuvda Braziliya va Xitoyning Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, urushning yanada avj olishi “tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga” olib keladi, “qo‘shni xalqlar esa tinch-totuv yashashi kerak”.
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum “keng umummilliy muloqotning yana bir ko‘rinishi” va “eshituvchi davlat” konsepsiyasini amalga oshirishning yorqin namunasi bo‘ladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Ostona shahrida Alisher Navoiy haykalini ochib berdi. Qosim-Jomart Toqayev buni “qozoq xalqining o‘zbek xalqiga bo‘lgan alohida hurmati ramzi” deb atadi. Foto.
Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston prezidentiga “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordenini topshirdi. Bu mukofot Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga hissa qo‘shganlik uchun beriladi. Foto.
Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ikki davlat prezident adminstratsiyalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2024-yilning kuzida mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini ma’lum qildi. Aniq sana hukumat tomonidan belgilanadi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat “zamonaviy Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi va bu rejim uzoq muddatli omil ekanini anglagan holda” “Tolibon"ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarganini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatdagi eng yirik suv toshqinlari fonida hukumatga budjet mablag‘larini tejash maqsadida imidj yaratish va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi.
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan muzokaralarda “Qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat bo‘lib, faqat uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin”, — deb ta’kidladi.
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular — o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.
Qozog‘iston dunyoviy maqomini mustahkamlashi kerak, lekin u G‘arb tendensiyalariga ergashmaydi, dedi prezident Toqayev. U tarixiy obidalarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi, “sovet davri belgilari” borligi sabab mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi, jamiyatda shafqatsizlik kuchayayotganiga ishora qildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat xizmatchilarining maoshlarini xususiy sektorniki bilan raqobatbardosh qilishni va davlat xizmatiga kadrlar yollashni “erkinroq” qilishni taklif qildi. U davlat apparatida ayollar sonini ko‘paytirishga ham chaqirdi, chunki ular korrupsiyaga “moyil emas”.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hukumatining iste’fosi qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hukumatning iste’foga chiqish sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib bungacha hukumat rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Roman Sklyar tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting